Surxondaryo viloyatida yangi oilaviy mehmon uylari öz işini boşladi, jumladan, Denov şahrida – Vektor Oyl va Termizda New City mehmon uylari faoliyat körsatmoqda. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi şu haqida xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustidagi "Oilaviy mehmon uylari faoliyatini taşkil etiş töğrisida"gi qaroriga köra, bugunga kelib Özbekistonda turistik faoliyat sub'yektlarini rivojlantiriş faol qöllab-quvvatlanmoqda va bu yangi mehmon uylari taşkil etilişiga samarali ta'sir körsatmoqda.
Vektor Oyl va New City mehmon uylari zamonaviy va qulay yotoqxonalar, mehmonxona, vannaxona, şuningdek rivojlangan infratuzilmaga ega. Mazkur oilaviy mehmon uylari 5 nafargaça kişini qabul qila oladi.
Bugunga kelib, Özbekistonda bir vaqtning özida 300 nafargaça kişini qabul qila oluvçi, röyxatdan ötgan mehmon uylari soni 36 taga yetdi.
Bundan avval Kun.uz'da Özbekiston Xususiy sayyohlik taşkilotlar uyuşmasi öz tuzilmasida mehmon uylarini qöllab-quvvatlovçi va rivojlantiruvçi bölim faoliyatini yölga qöyişni rejalaştirayotganiga oid xabar berilgan edi.












