Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga qo‘shimchalar kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining “Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2017 yil 25 iyuldagi 97-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasiga kiritilishi mo‘ljallangan qo‘shimchalar
Asosiy tibbiy ixtisoslik turlari bo‘limi quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan to‘ldiriladi:
Xalq tabobati yo‘nalishi
46. Xalq tabobati
Tor ixtisosliklar turlari bo‘limi:
Davolash ishi va tibbiy pedagogika ishi yo‘nalishlari bobi quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan to‘ldiriladi:
47-1. Davlat sud psixologik ekspertizasi
47-2. Ijtimoiy ishlar bo‘yicha
Quyidagi mazmundagi pozitsiyalar bilan to‘ldiriladi:
Xalq tabobati yo‘nalishi
116. Invaziv usullarni qo‘llovchi xalq tabobati
117. Manual ta'sir usullarini qo‘llovchi xalq tabobati
118. Biologik vositalarni qo‘llovchi xalq tabobati 119. Diyeta va o‘simlik vositalarini qo‘llovchi xalq tabobati.
Qayd etilishicha, mazkur qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
07:47 / 04.05.2026
Xususiy klinikalarga transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi
22:18 / 24.04.2021
Kardiolog qorindagi yog‘lardan xalos bo‘lishning oddiy usullarini aytdi
00:33 / 11.01.2020