Ukraina boş vazirining yevrointegratsiya masalalari böyiça örinbosari Ivanna Klimpuş-Tsintsadze Makedoniyani Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllaşga çaqirdi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida xabar qilingan.

Uning sözlariga köra, Moskva Yevropa kengaşi parlament assambleyasining (YeKPA) Ukraina tomoniga nisbatan rezolyutsiyasini bajarişga intilmayapti. Klimpuş-Tsintsadze Makedoniyani Yevropa davlatlari siyosatini qöllab-quvvatlaşga hamda Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy qilişga çaqirdi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyani sudga berişi xabar qilingandi.

Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning ICTV telekanali efirida ma'lum qilişiça, mamlakat rasmiylari Kerç böğozidagi hodisa tufayli BMT xalqaro sudiga da'vo arizasi bilan çiqiş niyatida. 

25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uçta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yöl olayotgan bölgan, lekin ularni Kerç böğozidan ötkazişmadi. Ukraina tomonining bildirişiça, avval Rossiya kemalar kelişi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.

Şu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuçlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerç böğozidan çiqib ketayotganida unga qarata öt oçganini ma'lum qildi. Rossiya çegaraçilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizçi yaralandi.