Dubayda ilk suzib  yuruvçi supermarket oçildi. Unda salqin içimliklar, şaxsiy gigiyena va terini himoyalaş vositalari, muzqaymoq, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari xarid qiliş mumkin. Bu haqda Arabian Business naşri ma'lum qildi. 

Foto: Gulf Business

Dökon uçta plyaj: Jumeyra, Kayt-Biç va As-Sifu-Biçga yaqin joylaşgan. Uning asosiy mijozlari yaxta va gidrosiklda sayr qilib yuruvçilar bölişi kutilmoqda. Dökon assortimentida 300 ga yaqin turli tovar bor.

Foto: Gulf Business

Xaridni amalga oşiriş uçun mijoz dökon yoniga suzib kelib, maxsus darçada buyurtma berişi kerak böladi. Dökon yoniga yaqinlaşa olmaydigan kattaroq yaxtalar yölovçilari uçun buyurtma beriş mumkin bölgan telefon liniyasi oçilgan.

Foto: Gulf Business