Bugun, 6 dekabr kuni Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi binosida Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani bölib ötdi.
Jurnalistlardan biri murabbiydan ötgan yiğinlardan keyin Osiyo kubogiga qançalik tayyorligi haqida söradi.
«Örtoqlik öyinlariga ham, rasmiy öyinlarga ham bir xil yondaşaman. Lekin ba'zi örtoqlik öyinlarida közlangan maqsadga erişilmadi. Ba'zi öyinlarda öxşadi. Masalan, Şimoliy Koreya va Qatarga qarşi öyinlar. Ötkazilgan 6ta örtoqlik uçraşuvi ham sinov edi.
Öyinimiz haqida gapiradigan bölsak, bu natijaga erişişga qaratilgan öyin. Masalan, jahon çempioni bölgan Fransiya ham himoyaviy öynadi. Köpçilikka yoqmagan öyin uslubi, lekin natija berdi.
Mening öyin uslubim ham köplarga yoqmagan bölişi mumkin. Lekin bu uslub jamoaga mos kelmasa, özgartiriş kiritaman. Men xato qilsam, öz vaqtida tan olişni bilaman.
Masalan, Osiyo Kubogida boşqaçaroq öyin uslubini namoyiş etişimiz mumkin.
Öyindan oldin qaysidir raqib qoğozda kuçsiz bölişi mumkin. Lekin raqibni mensimaslik kerak emas. Biz barça raqibga bir xil yondaşamiz. Mening taktikam himoyaviy emas. Menga himoya qiliş ham yoqadi, hujum qiliş ham yoqadi. Lekin hamişa yaxşi himoyalaniş zarur.
Xavotir olmasangiz böladi, bizda hamişa B plan böladi. Raqib öyinidan kelib çiqqan holda vaziyat bölgani zahoti hujumga ötişga urinamiz.
Janubiy Koreyaga qarşi öyinda esa öyinimiz yaxşi çiqmadi. Himoya va hujumda muvozanat bölmadi», deya murabbiyning sözlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.
Matbuot anjumanida Ektor Kuper terma jamoa Osiyo Kubogiga ğolib böliş maqsadida yöl olişini ma'lum qilgandi.
Ma'lumot uçun, yanvar oyida BAA maydonlari mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogida Özbekiston terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarşi öyinlarda maydonga tuşadi. Kuper şogirdlari turnirdagi ilk öyinni 9 yanvar kuni Ummonga qarşi ötkazadi, 13 yanvar kuni Turkmanistonga qarşi bahs bölib ötadi. Yaponiyaga qarşi 17 yanvar kuniga belgilangan öyin esa guruh ğolibi kim bölişini aniqlab berişi kutilmoqda.












