Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lyuksemburg jamoat transportini bepul qilib qo‘ygan dunyodagi birinchi davlat bo‘ladi
Lyuksemburg hukumati mamlakatdagi barcha jamoat transportini bepul qilib qo‘ymoqchi.
The Independent ma'lumotiga ko‘ra, gersoglik avtobuslari, tramvaylari va poyezdlarida safar qilishga haq to‘lash 2019 yilning yozida bekor qilinadi. Rasmiylarning fikricha, bu chora Lyuksemburgdagi ekologik vaziyatni yaxshilashda hamda tirbandliklardan qutilishda yordam beradi.
Hozirgi kunda kichik davlatning deyarli butun hududini qamrab oluvchi 2 soatlik safar narxi 2 yevroni, biznes klassda 3 yevroni tashkil qiladi. Jamoat transportining har bir turi uchun ikkinchi klassga butun kun uchun chipta narxi 4 yevro turadi. Bolalar bepul sayohat qiladi, ko‘plab yo‘lovchilar yillik «abonement» sotib olish huquqini qo‘lga kiritadi, u butun jamoat transporti uchun 150 yevroga tushadi.
Mavzuga oid
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
15:14 / 04.06.2026
Yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
17:55 / 25.05.2026
Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00 dan harakatlanadi
13:40 / 20.05.2026