Nega ijobiy özgarişlarga qaramasdan mazkur suratlardagi kabi manzaralarni körganimizda yaxşi umidlarimiz tarqab ketadi? Nega köplab barpo etilayotgan moddiy boyligu qulayliklar bu manzaralarning ta'sirida bir zumda röyoga aylanadi? Nega şunday? Buni tuşunişga urinib köramiz.

Idrok apparati

Inson şunday mavjudotki, u borliqda körayotgani, guvohi bölayotgan işlardan ta'sirlanadi. Şu bilan birgalikda, inson ongi nafaqat voqelikdan ta'sirlanadi, balki voqelikning ta'sirida... şakllanadi ham.

Ya'ni, inson közi körib turgan işlarning qay darajada soğlom aqlga – mantiqqa mos keliş-kelmasligiga qarab uning ongi ham soğlom yoki nosoğlom tus oladi. Mantiqsizlikning mudhiş körinişlari qurşovida qolgan insonning esa ongida mudhiş – idrok «apparati»ga qattiq talofat yetkazadigan va keyinçalik tuzatiş qiyin bölgan özgariş hosil böladi. Kap-katta odamlar mantiqsiz işlarni qilayotganini körsangiz, sababi şundan.

E'tibor bergan bölsangiz, fe'li tor, piyola sindirib qöygan bolasini xuddi osmon uzilib tuşgandek zuğumga oladigan ota-onalarning farzandlari ham tor fe'lli bölib qoladi. Çunki tuşunçalarning «oyoği osmonda» bölib qolgan, mantiqsiz, «piyola qadri» yuksalgan muhit bolaning narsa va hodisalarga baho beriş tizimiga jiddiy şikast yetkazadi. Mazkur holat bitta, hozirça kiçkina qalbning kiçkinadir, kattadir fojiasini belgilaydi.

Tuşunçalar almaşib qolişi hodisasi jamiyat miqyosiga yoyilsa-çi?

Xatarlarning otasi

«Muvaffaqiyatli jamiyat» tuşunçasining ta'rifida barça fozil kişilar bir ovozdan «oqil, mustaqil, erkin şaxsiyatlar hamjamiyati» yoki şunga yaqin sözlarni aytişadi. Va bu ayni mantiq taqozosi deb bilinadi. Demak, qaysiki jamiyat muvaffaqiyatni orzu qilsa, erkin şaxslarni parvariş etmoği, bunga xizmat qiladigan soğlom mantiqli muhitni yaratmoği, şaxsiyatni söndiruvçi, yerga uruvçi omillar bilan kuraşmoği darkor. Muvaffaqiyatli jamiyatni yuzaga keltirişning boşqa retsepti mavjud emas.

Buyruq, tazyiq, qasamyodlar bilan kişilik jamiyatini harakatga keltirişga uriniş – bu inson asliyatiga zid iş bölib, tafakkur egasi bölmiş insonni asl maqsad-samarasidan mosuvo qiladi. Bunday qiliş uning – insonning buyukligini inkor etiş, aql-idroki ila yer yuzini obod etişdek vazifasini rad etiş bölib qoladi. Yuksak haqiqatlarga zid bölgan tasarruf esa jamiyat uçun ayni xatardir – xatarlarning otasi.