Qutb yoğdusi – bizga ma'lum bölgan eng yorqin tabiat hodisalaridan biri. Bu ming yillar davomida odamlarni hayratga solgan. U ilk marta 30 ming yoşdagi kromanon ğor tasvirlarida aks ettirilgan. Bu hodisa haqidagi ilk yozuvlar esa miloddan avvalgi 2600 yil qadimgi Xitoy manbalarida uçraydi.

Faqat 1619 yilga kelibgina hodisaga lotinça «aurora borealis» nomi berildi. Bu atama Galiley tomonidan öylab topilgan. Öşa paytlarda qutb yoğdusidagi yoruğlik tonggi quyoşdan çiqişi va Yer atmosferasida aks etadi deb hisoblangan. Şuning uçun olim bu tabiat hodisasiga Rimning tong ma'budasi va greklarning şimoliy şamol xudosi nomlarini bergan.
1749 yilda odamlar quyoş sikllarini kuzatişni boşlaşdi. Natijada ular Quyoşda doğlar bölganida yoğdu yanada yorqin nur soçişini aniqlaşgan. Öşa vaqtdan beri, ya'ni vaqt hisobi yuritila boşlanganidan beri jami 22 quyoş sikli ötdi.

Bugun yoğdu tonggi yoruğlikdan kelib çiqmasligini bilamiz, biroq uning nomi özgarmadi. Aurora borealis – bu şimol yoğdusi: janubça şakli esa aurora australis. Har ikkala hodisa ham Quyoş tomonidan ajratiladigan quvvat olgan zarralar sabab yuzaga keladi. Şuning uçun u quyoş töfonlari vaqtida yanada kuçli va yorqin tus oladi. Bu zarralar atmosferamiz molekulalari bilan töqnaşganida biz köradigan yoruğlik paydo böladi. Turli molekulalar turli ranglar hosil qiladi.
Ular orasida eng köp tarqalgani – öziga xos yaşil-sariq rangdagisi. U kislorod bilan özaro harakatda bölgan Quyoş zarralaridan hosil böladi. Bu yaşil rangdagi nurlar sayyoraning tepasidagi 240 kilometr oraliğida yuzaga keladi.

Quyoş zarralari azot bilan qöşilganida yoruğlik qizil, kök yoki siyohrangda böladi. Bu balandlikka boğliq – qiziq nurlar 240 km balandlikda hosil bölsa, kök – 95 km, siyohrang – ular orasida yuzaga keladi.
Yana şunday ranglar borki, ularni faqat maxsus sputnik kameralari orqali köriş mumkin. Ana öşanda ultrabinafşa rangidagi qutb yoğdusini kuzatiş imkoni paydo böladi.











