Omonulla Madayev bilan suhbatning ikkinçi qismida adabiyotşunos olim isloh qilinayotgan alifbo, oliy ta'lim tizimi, jamiyat mexanizmining nosoz murvatlari, Rauf Parfi va Şavkat Rahmon, yoşlar tarbiyasi va avj olib ketgan jinoyatçiliklar haqida öz fikrlari bilan bölişdi.

Omonulla Madayev alifbo islohoti haqida öz fikrlarini bayon etarkan, lotin grafikasiga ötiş paytida u deyarli muhokama qilinmaganini, lotin alifbosida öqiydiganlar kirill yozuviga qaytarilsa, oldingidan yomonroq fojia yuz berişi mumkinligini ta'kidlab ötdi.

Eslatib ötamiz, taniqli folklorşunos olim, filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayev bilan suhbatning birinçi qismi e'tiboringizga havola etilgandi. Unda olim bugungi kunda özbek tiliga nisbatan munosabat, jamiyatdagi özgarişlar va ta'lim tizimi töğrisida öz fikrlarini bildirib ötgan edi.

Suhbatning ikkinçi qismini bu yerda tomoşa qilişingiz mumkin

Mover'da köriş

Youtube'da köriş