Taniqli adabiyotşunos olim, filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayev keça, 2 mart kuni 76 yoşida vafot etdi.
Ustoz Omonulla Madayev köp yillar davomida Özbek pedagogika maktabi, folklorşunoslik maktabi va jurnalistikasiga katta hissa qöşib kelgan atoqli olimlardan biri hisoblangan.
Olim jamiyatda keçayotgan özgarişlarga nisbatan özining teran fikrlari, çuqur tahlili va ötkir sözlari bilan ajralib turgan. Omonulla Madayev Kun.uz bilan ham suhbatda jamiyat va til, tarbiya va axloq masalalariga alohida e'tibor qaratgan edi.
Ma'lumot uçun, Omonulla Madayev 1942 yilning 20 mayida Toşkent şahrida tuğilgan. 1964 yil Toşkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1958 yil Toşkent şahar 1- sonli maktab-internat öqituvçisi, 1964 yil Toşkent şahar 82-sonli örta maktab öqituvçisi sifatida işlagan. 1966 yil ToşDU Özbek mumtoz adabiyoti kafedrasida işlagan, 1982 yildan Toşkent davlat universitetining özbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib borgan.
Omonulla Madayev Özbekistondagi abituriyentlarni tayyorlovçi ilk darslarni taşkil etgan pedagog bölib, ma'lum vaqt Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani sifatida ham faoliyat yuritgan.
Omonulla Madayev özbek xalq oğzaki ijodi, adabiyotşunoslik va pedagogikaga oid bir qator darsliklar muallifi hisoblanadi.
Kun.uz jamoasi olim Omonulla Madayevning oilasi va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi, özbek adabiyotşunosligi nodir namoyandalaridan birining xotirasi abadiy qolajagiga işonadi.
Zero, ustoz Omonulla Madayev umri va ilm şamçiroği nuri uning şogirdlari va yaqinlari qalbida mudom porlayveradi.
Yaqinlarining ma'lumot berişiga köra, Omonulla Madayev sönggi manzilga 3 mart kuni «Şayx Zayniddin ota» masjidida peşin namozi vaqtida kuzatiladi.

















