Taniqli folklorşunos olim, filologiya fanlari nomzodi Omonulla Madayev «Kun.uz» muxbiri bilan suhbat qurdi.
Olim bugungi kunda özbek tiliga nisbatan munosabat, jamiyatdagi özgarişlar va ta'lim tizimi töğrisida öz fikrlarini bildirib ötdi.
U özbek tilining qadri va unga e'tibor haqida sözlarkan, davlat tilining maqomi va qadri haqida gapirilgan aççiq haqiqatlar yaqin yillargaça «kesib taşlanişi» holatlari kuzatilgani, jonli efir bölmasligiga alohida töxtalib ötadi.
Omonulla Madayev bilan suhbatning ikkinçi qismi tez kunda «Kun.uz»ning YouTube va Mover tarmoqlaridagi kanallariga yuklanadi.
Youtube'da köriş
Mover'da köriş
Ma'lumot uçun, Omonulla Madayev 1942 yilning 20 mayida Toşkent şahrida tuğilgan. 1964 yil Toşkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1958 yil Toşkent şahar 1- sonli maktab-internat öqituvçisi, 1964 yil Toşkent şahar 82-sonli örta maktab öqituvçisi sifatida işlagan. 1966 yil ToşDU Özbek mumtoz adabiyoti kafedrasida işlagan, 1982 yildan Toşkent davlat universitetining özbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib borgan.
Omonulla Madayev Özbekistondagi abituriyentlarni tayyorlovçi ilk darslarni taşkil etgan pedagog bölib, ma'lum vaqt Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dekani sifatida ham faoliyat yuritgan.
Omonulla Madayev özbek xalq oğzaki ijodi, adabiyotşunoslik va pedagogikaga oid bir qator darsliklar muallifi hisoblanadi.














