O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib bordi.

Prezident bu yerda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

Bugun Sankt-Peterburgda Yevrosiyo iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga a'zo davlat rahbarlarining  yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi ham rejalashtirilgan.