2019 yil uçun Şveytsariya prezidenti etib moliya vaziri va Şveytsariya xalq partiyasi raisi Ueli Maurer saylandi. Bu haqda Basler Zeitung naşri xabar berdi.
Maurer nomzodini byulletenlari haqiqiy deb topilgan 209 deputatdan 201 nafari qöllab-quvvatlagan. Ta'kidlanişiça, bu natija Şveytsariya prezidenti saylovlarida qayd etilgan eng yaxşi natijalardan biridir.
Maurer ikkinçi marta mamlakat prezidenti etib saylanmoqda. Uning birinçi muddati 2012 yilga töğri kelgan.
Şveytsariya prezidenti hukumat a'zolari örtasida “tenglar orasida birinçi” tamoyiliga köra tanlanadi. Har bir vazir 7 yil içida kamida bir marta prezident böladi.
Şveytsariya prezidenti davlat rahbari hisoblanmaydi, çunki rahbar vazifalarini Federal kengaşning barça a'zolari birgalikda bajaradilar. Biroq prezidentning ovozi hukumat darajasidagi masalalarni muhokama qilişda hal qiluvçi hisoblanadi.












