Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi dekabr oyi oxirida yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
O‘zbekiston terma jamoasi dekabr oyi oxirida Turkiyada yig‘in o‘tkazadi. Bu haqda bugun O‘FAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper ma'lum qildi.
Uning aytishicha, yig‘in davomida 26 yoki 27 dekabr kunida terma jamoa o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Hozircha o‘rtoqlik uchrashuvida qaysi terma jamoa raqib bo‘lishi ma'lum emas.
Ma'lumot uchun, shu kunga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligida 3 yig‘in doirasida 6 uchrashuvda maydonga tushdi.
Sentyabr oyi boshida Toshkentda Suriya va Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Suriya bilan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi, Erondan mag‘lub bo‘lindi - 0:1.
Ikkinchi yig‘in ham 6-17 oktabr kunlarida Toshkentda o‘tkazildi. Bu yig‘in doirasida Qatar va Shimoliy Koreya terma jamoalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazilib, Kuper jamoasi ikki o‘yinda ham bir xil hisobda - 2:0 hisoblarida g‘alaba qozondi.
Uchinchi yig‘in esa 11-22 noyabr kunlari Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tkazildi. Bu yig‘in doirasida dastlab Livan terma jamoasi bilan o‘ynagan o‘zbekistonliklar nursiz durangga imzo chekishdi (0:0), Janubiy Koreya termasiga qarshi o‘yin esa yirik mag‘lubiyat bilan yakunlandi - 0:4.
Ma'lumot uchun, yanvar oyida BAA maydonlari mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda maydonga tushadi. Kuper shogirdlari turnirdagi ilk o‘yinni 9 yanvar kuni Ummonga qarshi o‘tkazadi, 13 yanvar kuni Turkmanistonga qarshi bahs bo‘lib o‘tadi. Yaponiyaga qarshi 17 yanvar kuniga belgilangan o‘yin esa guruh g‘olibi kim bo‘lishini aniqlab berishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:44 / 30.07.2023
«Barselona» «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Vinisiusning uchta zarbasi to‘singa tegdi
15:36 / 18.11.2021
Kongo DR milliy jamoasi Ektor Kuperning qo‘pol xatosi sababli JCh-2022 orzusidan mosuvo bo‘lish arafasida. Aslida nima bo‘lgandi?
12:13 / 16.11.2021
«Roma»dagi asosiy maqsad, Mourinoning boshqalardan farqi, «Paxtakor»ga o‘tmagani, Babayan, Kuper, Abramov va Katanets davri taqqosi – Shomurodov bilan intervyu
14:33 / 19.10.2021