2018 yilning 5 dekabr kuni Abu-Dabi şahrida vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarning birinçi raundi bölib ötdi, deb xabar bermoqda TIV.
Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatov va Birlaşgan Arab Amirliklari taşqi işlar va xalqaro hamkorlik vaziri örinbosari Xalifa Şahin al-Marar boşçiligidagi delegatsiyalar uçraşuvida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga tomonlarda qiziqiş borligi ta'kidlandi.
Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati mufassal körib çiqilişi hamkorlik kölamini oşiriş uçun mavjud foydalanilmayotgan sezilarli salohiyatga va yanada istiqbolli sohalarga diqqatni jalb qiliş imkonini berdi.
2019 yilda böladigan turli darajadagi aloqalarning jadvali körib çiqildi.
Tez orada Özbekistonning BAAdagi elçisi tayinlanişi mamlakat delegatsiyasi tomonidan tasdiqlandi. Bu ikki tomonlama aloqalarni, jumladan ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalarni tizimli asosda jadallaştiriş imkonini beradi. Şu nuqtai nazardan tovar va xizmatlarni özaro yetkazib beriş nomenklaturasi hamda savdo aylanmasi böyiça özaro savdoni kengaytiriş masalalari batafsil muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, Özbekiston va BAA örtasida töğridan-töğri aviaqatnov mavjudligi turistlar almaşinuvi uçun ham muhim asos hisoblanadi.
Mintaqaviy masalalar muhokamasi çoğida 2018 yil 27 martda qabul qilingan Afğoniston böyiça xalqaro konferensiyaning Toşkent deklaratsiyasi qoidalarini amalga oşiriş doirasida hamkorlik qiliş töğrisida kelişib olindi. Mazkur konferensiya işida BAA taşqi işlar davlat vaziri Anvar Gargaş boşçiligidagi delegatsiya iştirok etgan edi.
Maslahatlaşuvlar doirasida umumiy kun tartibining boşqa masalalari ham körib çiqildi.












