Ostonada 6 dekabr kuni mintaqalararo hamkorlikni kuçaytiriş va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş işlarini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça xalqaro konferensiya bölib ötdi. Tadbirda Birlaşgan Arab Amirliklari, Xitoy, Rossiya, Qirğiziston, Tojikiston, Özbekiston va Möğulistonning tegişli organlari vakillari iştirok etdi.

Qozoğiston Boş prokuraturasi matbuot xizmati xabariga köra, konferensiya iştirokçilari uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça qabul qilinayotgan çora-tadbirlar tajribasi bilan örtoqlaşib, yangi çaqiriqlar va xavfsizlikka tahdidlar haqida samarali ogohlantiriş barça manfaatdor davlatlarning huquqni muhofaza qiliş organlari sa'y-harakatlari birlaşişini talab qilişini ta'kidlab ötişdi.

Foto: Qozoğiston Boş prokuraturasi matbuot xizmati

Qozoğiston boş prokurori Qayrat Kojamjarov xalqaro hamkorlik sohasida erişilgan yutuqlar haqida ma'lumot berib, Qozoğiston iştirokçi bölgan şartnomaviy-huquqiy hujjatlar majmuiga e'tibor qaratdi.

Uning sözlariga köra, bugungi kunda mamlakat jinoyatçilikka qarşi kuraş, şuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiliş sohasidagi 100dan ortiq köp tomonlama konvensiyalarga teng huquqli a'zo. Uşbu sohada Yevropa, Osiyo va Amerika davlatlari, jumladan, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya hamda AQŞ bilan 60dan ortiq ikki tomonlama bitimlar imzolangan.

Öz navbatida, konferensiya iştirokçilari transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşda huquqni muhofaza qiliş organlarining muvaffaqiyatga erişişi xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga bevosita boğliq ekanini ta'kidladilar.

Tadbirda BAA federal prokurori Al-Şamsiy, Qirğiziston boş prokurori Ötkirbek Jamşitov, Tojikiston - Yusuf Rahmon, Özbekiston boş prokurori Otabek Murodov va Möğuliston boş prokurori örinbosari Erdenebat Ganbat iştirok etdi.