Tuxum xarid qilayotganda odatda ikki xil tanlovga ega bölamiz: oq va jigarrang. Tabiiyki, rangi va narxi (jigarrangdagisi qimmatroq) sabab ulardagi farq borasida fikrlar bor. Köpçilik jigarrang tuxumning foydasi köp deb öylaşadi. Biroq aslida ular bir xil. Aytilganlarni hisobga olib, ularning farqi nimada ekaniga oydinlik kiritamiz.

Foto: Pexels

Gap tovuqda

Tuxumlar orasidagi haqiqiy farq – ularni qöygan tovuqlar. Oq patli tovuqlarda oq tuxum böladi, qizil patli tovuqlar esa jigarrang tuxum qöyadi.

Jigarrangni organik birlaşma - protoporfirin IX beradi. Bundan çiqdi, tuxumlar orasidagi farq uning rangi va organik birlaşmalar ekan. Tuxumning tarkibi esa sifatiga köra bir xil bölib qolaveradi.

Atrof-muhitning ta'siri

Biroq qaysi tuxum aslida yaxşiroq? Tovuq nima bilan boqilgani, şuningdek u yaşagan atrof-muhit muhimroq. Masalan, kunduz kuni quyoşda sayr qiliş uçun qöyib yuborilgan quşning tuxumida D vitamini köproq. Bu omega-3 yoki D vitamini bilan oziqlangan tovuqlarga ham tegişli. Bunday tovuqlar tuxumlarida boşqalarga qaraganda ana şu moddalar köproq böladi. Agar yoqimli hidga ega tuxum yeyişni ma'qul körsangiz, buning uçun ratsioni yoğlarga boy tovuqlar tuxumi mos keladi.

Bundan taşqari, ta'm xususiyatiga taom tayyorlaş va ovqatlaniş jarayoni ham ta'sir körsatadi. Tuxumlar qança uzoq saqlansa, ta'mi ham ğalati bölib qoladi.

Tovuqlar qanday boqilgani muhim

Tuxumlar öramiga e'tibor bering. Qişloqda yoki bozorda sotiladigan tuxumlar tabiatga yaqin tovuqlardan olinadi. Ular doim yangi böladi. Agar omega-3 kislotalari bilan töyintirilgan tuxumni xarid qilsangiz, demak tovuq ratsionida baliq moyi köp. Öz-özidan, ularning narxi ham baland.