Xitoy dunyoda birinçi bölib Oyning teskari qismini tadqiq etişga möljallangan Chang'e 4 missiyasini uçirdi. Long March 3B raketasining uçirilişi tasvirlangan kadrlar South China Morning Post gazetasi tomonidan YouTube’da joylaştirilgan.

Parvoz 8 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 02:00larda (Toşkent vaqti bilan 7 dekabr kuni 23:00) Siçan kosmodromidan (Siçuan janubi-ğarbiy provinsiyasi) amalga oşirildi.

Chang'e 4 avtomatlaştirilgan stansiya va roverni öz içiga oladi. Birinçisi Yer - Oy tizimining Lagranj L2 (sayyoradan taxminan 455 ming kilometr) nuqtasida joylaşgan Queqiao kosmik apparati yordamida Yer bilan aloqani ta'minlab beradi, ikkinçisi - Yer yöldoşining geologik tadqiqotlari bilan şuğullanadi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq NASA ilk bor Marsdagi şamol ovozini yozişga muvaffaq bölgandi.