Malayziyada 16 yoşli ösmir tokdan quvvatlanayotgan smartfonga quloqçinni ulagandan keyin tok urişi oqibatida hayotdan köz yumdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.
Ösmir maktab öquvçisi bölgan. Uning onasining aytişiça, u dastlab öğlini uxlayapti deb öylab, uyğotişga harakat qilgan. Ammo farzandi turavermagaç, şifokorlarni çaqirtirgan. Şifokorlar ösmirning çap quloğida kuyiş jarohatini aniqlaşgan va uning jasadini yorişganda, tok urişidan halok bölganini aniqlaşgan.
Aniqlanişiça, ösmir quvvatlanayotgan telefonga ulangan quloqçin bilan uxlaşga yotgan. Ösmirning surati xavfdan ogohlantiriş maqsadida internetda faol tarqatila boşlangan.

















