Moskvada sobiq ittifoq va Qirğizistonning atoqli yozuvçisi Çingiz Aytmatovga örnatilgan haykal oçildi. 

Haykalni oçiş marosimi 7 dekabrda Aytmatov nomidagi xiyobonda bölib ötgan. Haykal yozuvçining 90 yillik tavalludiga bağişlab oçilgan.

Ma'lum qilinişiça, haykal Qirğiziston madaniyat, axborot va turizm mablağlari evaziga örnatilgan. Marosimga Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov taşrif buyurgan. 

“Bugun juda ahamiyatli kun – yozuvçi Çingiz Aytmatovga atalib ajoyib san'at asari yaratildi. Barçani bu hodisa bilan çin köngildan tabriklayman va butun xalqimiz nomidan haykalni yaratiş va örnatişda iştirok etgan barçaga minnatdorlik sözlarini aytib qolaman”, deb aytgan Jeenbekov.

Çingiz Aytmatov rus va qirğiz tillaridagi önlab asarlar muallifi. Yozuvçining tavallud kuni 12 dekabrda nişonlanadi.