Rossiyalik taniqli qöşiqçi Lev Leşenko Moskvadagi “Mir” konsert zalidan şifoxonaga olib ketildi. Kontsertda iştirok etişi kerak bölgan qöşiqçi özini sahna ortida yomon his qila boşlagaç, unga tez yordam çaqirtirilgan.

76 yoşli artist 8 dekabrda ötgan “Tinçlik uçun” (Na blago mira) Butunrossiya tanlovi finalida iştirok etişi kerak bölgan. Artistga qanday taşxis qöyilgani hozirça noma'lum.

Ma'lum qilinişiça, Leşenko 2014 yilda ham sahnadan töğri şifoxonaga olib ketilgan. Isroilda unga umurtqaning böyin qismi çurrasi taşxisi qöyilib, operatsiya qilingan. Uning çurrasi olib taşlanib, böyin qismiga titan va nikeldan implant qöyilgan.  

Leşenko 1 dekabrda “Yil qöşiği” festivalida iştirok etgan. Öşanda u oxirgi kunlar tiğiz jadvalga egaligini, bir neçta şaharlarda çiqişi kerakligini ma'lum qilgan.