Sarlavhada andak noqislik bor. Çunki dunyo boylari jamlanadigan Forbes reytingiga özbek millatiga mansub, ammo boşqa davlat fuqarosi bölgan Alişer Usmonov, Fattoh Şodiyev kabi badavlat insonlar tirkalgan. Alişer Usmonov hatto «Forbes-Rossiya» reytingida qator yillar yetakçilik ham qilgan. Ammo bu röyxatga biror marta aynan Özbekiston vakili kirmagan. Özbekistonda deyarli har bir davlat vakili öz örnini topgan bu reytingga kirişga arziydigan boylar yöqmi?

Özbekistonda boylar hamişa bölgan, bor va böladi. Ammo tuzumlar özgarişi, milliy mentalitet, doimiy hadik va andişa kabi tuşunçalar bu boylikni köz-köz qilişdan çeklab keladi. Nainki öz boyligini ommaga oşkor qiliş odat tusiga kirmagan, balki kimdir bilib qolişidan ehtiyot bölingan, hamişa sir tutib kelingan. Aynan mana şunday omillar tufayli nafaqat milliarderlar, balki dollarli millionerlar röyxatiga rasman kirgan özbekistonlikni topiş, yaqin yillarda amrimahol.

Buning bir neça sabablari bor albatta:

1. Taassufki bizda boylarni yoqtirişmaydi, havas qilinmaydi. Aksinça, ularga şubha bilan qaraladi, topgan boyliklari manbasi mavhum tuyiladi;

2. Badavlat insonlar öz daromadlarini oşkor qilişni istamaganlaridan taşqari xorij boylaridan farqli ravişda xayriya işlarida faol emaslar yoki muhtojlarga yordamlarini ham sir saqlaşni afzal bilişadi;

3. Şunday bir tuşunça mustahkam şakllanganki, unga köra badavlat insonning albatta «yuqorida» suyangan toği bölişi şart, yoki öşa «yuqori»dagining özi boy. Şuningdek, boymi, demak biror qinğirlikka şerik, çunki bizning şaroitda halol yöl bilan bunça boylik orttiriş mumkin emas, deb öylanadi;

4. Ötgan asrlardan qolib ketgan qörquv hamon tarqalmagan – boylik, ayniqsa ommaga oşkor qilinmagan, yaşirilgan pullar albatta qora kuçlarni çaqiradi, himoyalaniş nihoyatda oğir, boyligingdan ayrilsang seni himoya qiladigan odam yöq;

5. Biror sabab bilan boyliging miqdori oşkor bölsa, darhol savol berguvçilar, faoliyatingga qiziquvçilar paydo böladi, buyoğiga umring oldingiday bölmaydi, degan aqidalar öz ta'sirini körsatgan.

Qolaversa, Forbes talablariga köra orttirilgan boylikning manbasi mutlaqo şaffof, daromad qonuniy asoslarga ega bölişi, kerakli ma'lumotlar oşkor qilib borilişi şart.

Masalan, bugungi kunda amerikalik ança-munça milliarderlar ham havas qiladigan mablağ – deyarli 5 milliard dollarni tasarruf etgani isbotlangan bölsada, Gulnora Karimova Forbes reytingidan joy ololmagan.