Har bir kişi öz aqliy darajasiga ega. Biroq şaxsiy qobiliyatlarga mustaqil tarzda baho beriş juda murakkab, axir özimizni umuman özgaça hisoblaymiz. Köpçilik özini çindan ham aqlli sanaydi. Boşidagi fikrlar esa mantiqan töğri bölib körinadi. Biroq darajangiz qançalik yuqori ekanini qanday biliş mumkin? Aqlli kişilarni ahmoqlaridan ajratib turuvçi 5 ta belgi bor. Hozir ana öşa belgilar haqida söz yuritamiz.
1-belgi: Xatolarida özgalarni ayblaş
Hammada ham biror narsa köngildagidek çiqmasligi va reja böyiça bormasligi mumkin. Aqlli odam xotirjam tus oladi va muammoni qanday yeçiş haqida öylab köradi. Ahmoq esa özining barça muammolarida istalgan kişi va narsani ayblaydi: liftni egallab olgan qöşnilarni, yomon ob-havoni, olomonni. Bunday kişida muammolari uçun mas'uliyatni öz böyniga oliş istagi yöq. Öziga açiniş uning uçun ança oson.
2-belgi: Özini doimo haq deb biliş
Şaxsiy argumentlarni keltirib, fikrni ilgari surişning heç qanday salbiy jihati yöq. Aqlli kişi mojarolarni yoqtirmaydi, biroq suhbatdoşni tinglaş va masalaga boşqa köz bilan qaraşga ham qarşi emas. Ahmoq odam uçun esa bahsni yakunlaş juda muşkul. U suhbatdoşi ayrim vaqtlarda haqiqatan ham töğri aytayotgan bölsa-da, öz fikrida qat'iy turişga odatlangan. Uning uçun vaziyatdan ğolib sifatida çiqiş juda muhim, ahmoq kişi öz mulohazalarini yagona töğri fikr deb sanaydi.
3-belgi: Şaxsiy qobiliyatlarni yuqori baholaş
Ahmoq kişilar orasida Danning Kryuger effekti tarqalgan. Past malaka va qobiliyatga ega kişilar özlarini aslidan köra ança aqlli sanaydilar. Albatta, ayrim vaqtlarda aqliy salohiyatlarini namoyiş etişni istaydilar. Biroq mazkur vaziyat uçun mos bölmaydi. Bu kabi kişilar özlarini özgalardan ança yaxşi hisoblaydilar va bu haqida doimiy ravişda eslatişga harakat qilişadi.
4-belgi: Sözlarni noörin qöllaş
Suhbat çoğida heç narsa kontekstga mutlaqo mos bölmagan yoki notöğri ma'noli sözlardan foydalanişdek obröni tökmasa kerak. Birorta aqlli jumlani qöşişdan avval uni qay örinda qöllaş mumkinligini çindan ham bilişingizni yodga oliş kerak. Aqlli köriniş uçun öziga notaniş bölgan atamalar bilan öynaşayotgan suhbatdoş faqat taajjubga sabab bölişi mumkin, xolos.
5-belgi: Xolis emaslik
Ahmoqlar vaqtlarini behuda sarflab, özgalarning hayoti va tamoyillarini muhokama qilişni xuş körişadi. Özgalarning fikri va maslahatini qabul qilolmaganliklari, dunyoga özgaça nazar taşlaşga tayyor emasliklari sabab özgalarni muhokama qiladilar.











