Prezident farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarning hammasi ham öz vaqtida bajarilmayotganligini keça davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev ham öz nutqida ta'kidlab ötdi. Unda xususan, şunday deyiladi:

«Keyingi ikki yilda fuqarolarimizning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini röyobga çiqarişga qaratilgan 90 ta qonun hamda 2 mingdan ziyod farmon va qarorlar qabul qildik. Qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan 13 mingdan ortiq topşiriqlarning 20 foizi muddatida ijro qilinmagan».

Keling, endi biz birgina propiskaga oid belgilangan vazifalar qay darajada bajarilganini körib çiqamiz.

Harakatlar strategiyasi doirasida 2018 yil 22 yanvar kuni PF-5308-sonli Prezident farmoni bilan 2018 yilgi davlat dasturi qabul qilingan edi.

Uşbu dasturning 56-bandida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini ta'minlaş maqsadida doimiy va vaqtinça röyxatga qöyiş (hisobga oliş) tartibini soddalaştiriş masalasi belgilangan. Undagi har bir vazifani alohida-alohida tahlil qilamiz:

— pasport oliş, ta'lim oliş, mehnat qiliş va boşqa huquqlarni amalga oşirişda propiska bilan boğliq çeklovlarni bartaraf qiliş;

• Uşbu band qisman bajarildi. Jumladan, 28.08.2018 yildagi PF-5528-sonli Prezident Farmoni bilan pasport tizimi töğrisidagi nizomga ayrim özgarişlar kiritildi. Masalan, propiskasi yöq şaxslar ham pasport olişi mumkinligi belgilandi.

• propiskasiz mehnat qiliş huquqi böyiça ham Mehnat kodeksining 80-moddasiga özgariş kiritiş haqida qonun loyihasi tayyorlandi. Lekin hozirça uşbu Qonun qabul qilingani yöq. Ya'ni bugungi kunda ham işga kirayotgan şaxs vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi böyiça hisobda turmagan bölsa RASMAN işga qabul qiliş rad etilişi mumkin. Garçi  OAVda «