«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldudan «Barselona» sardori Lionel Messi bilan raqobati haqida fikr bildirişni söraşdi.

La Gazzetta dello Sport muxbirining: «Messini soğindingizmi?» qabilidagi savoliga Ronaldu quyidagiça javob berdi: «Yöq, ehtimol u meni soğingandir!»

Şundan söng portugaliyalik yulduz argentinalik hamkasbini A Seriyada köriş istagi yöq emasligini bildirdi.

«Men Angliyada, Ispaniya va Italiyada, Portugaliyada va terma jamoada öynab çiqdim, u esa hamon Ispaniyada. Balki men unga köproq kerakdirman.

Men uçun, hayot – sinov demakdir. Bu sinovlar olami menga yoqadi, odamlarni baxtli qilişni yoqtiraman. U ham bir kun kelib Italiyaga kelişini, xuddi men kabi özini sinov va qiyinçilikka urişini istagan bölardim.

Şunday bölsa-da, agar u özini klubida baxtli his etayotgan bölsa, bu tanlovini hurmat qilaman.

U – fantastik futbolçi va ajoyib yigit. Lekin men baribir heç narsani soğinayotganim yöq. Bu – mening yangi hayotim va unda baxtliman», - deb aytib ötdi Ronaldu.