Rossiyalik milliarder Alişer Usmonov Yangi yil oldi Özbekiston ahliga turli janr yulduzlaridan xayriya konsertlarini sovğa qiladi. Bu haqda “Xalq sözi” xabar berdi.
Dekabr oyida Alişer Usmonovning sa'y-harakatlari bilan Toşkentda rep, xip-xop, klassika, masxarabozlar va bolalar şoulari bölib ötadi. Jumladan, 11 va 12 dekabrda Anjumanlar saroyida Moskvaning “Kuraj” teatri “Ognenniye lyudi” teatri va “Tall brothers” klounada teatri bilan birga tomoşa körsatadi.
17 dekabrda Xalqlar döstligi san'at saroyida amerikalik R&B yönalişi ijroçisi Jyeyson Derulo konsert beradi.
Bevosita Yangi yil arafasida – 30 dekabrda Anjumanlar saroyida P.I.Çaykovskiy nomidagi Katta simfonik orkestr konserti bölib ötadi. Kontsertda yakkaxon ijroçilar sifatida Mixail Radunskiy, Maksim Vengerov, Olga Peretyatko va AQŞda yaşovçi özbek pianinoçisi Lola Astanova iştirok etadi.












