Pul sivilizatsiyamiz mavjudligining asosi sanaladi. Dunyoda tanga, qoğoz pul va elektron pullardan foydalanmaydiganlar juda kam. Pulni boyiş uçun emas, zavq uçun töplaydigan numizmatlar ham böladi. Ularga quyidagi eng ğaroyib pullar juda yoqişi tabiiy.

«Yulduzlar jangi» qahramonlari aks etgan tangalar

Tinç okeanidagi mitti Niue davlatida pul işlab topiş usullari kam bölgani sababi uni ana şu yöl bilan amalga oşirişga qaror qilişdi. Ya'ni “Yulduzlar jangi” filmi işqibozlari uçun kollektsion tangalar çiqarişdi. Bu pullarda filmdagi eng maşhur qahramonlar aks ettirilgan. Ana şunday tangalardan biri 390 dollar turadi.

Malika Diana aks ettirilgan tanga

Dunyo Malika Dianani uning gözalligi, ezguligi va oçiq köngilligi uçun yaxşi körardi. Kuk orollarida ham uni  jondan ortiq körişgan, hatto Diana Spenser fojiasining ön yilligiga bağişlab tanga ham çiqarişgan.

QR-kodli tangalar

QR-kodlar tobora ommalaşib bormoqda. Biroz vaqt ilgari u faqat Yaponiyada qöllanilar edi. Endi esa Niderlandiyada QR-kodli ilk tangalar çiqarildi. Kodda uşbu mamlakatning Moliya vazirligi  saytiga havola şifrlangan.

Plastik pullar

Butun dunyo naqd pullar örnini bosuvçi plastik kartalarga könikdi. Ayrim mamlakatlar, masalan Kanadada esa plastik pullardan foydalaniladi! Bu kupyuralarga işonçli böliş va uzoq muddat xizmat qiliş imkonini beradi.

Yiğiladigan tangalar