Qozoğistonda 11 oy mobaynida örtaça oylik iş haqi 159,5 ming tengegaça yetdi. Bu haqda milliy iqtisodiyot vaziri Timur Suleymenov hukumat yiğilişida ma'lum qildi, deya xabar beradi Tengrinews.kz. 

Qozoğiston MIV rahbarining sözlariga köra, 2018 yil boşidan beri 468,6 ming kişi iş bilan ta'minlangan.

«Oktyabr oyida işsizlik darajasi 4,8 foizgaça tuşdi. Oylik iş haqi dinamik tarzda ösib bormoqda. Yanvar-oktabr oylarida örtaça oylik iş haqi 159,5 ming tengegaça ösdi. Hisob-kitoblarga köra, real ravişda 2,2 foizga oşdi», - dedi Suleymenov.

Vazir ma'lumotlariga köra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida real pul daromadlari 3,4 foizga oşgan.

«Dekabr YaIM oylik tuzilmasida sezilarli uluşga ega bölgani inobatga olinib, davlat va mahalliy ijro etuvçi organlar investitsiya loyihalarining işlaşi hamda natijalari sifatli hujjatlaştirilişini ta'minlaşi kerak. Ayniqsa, bu davlat xaridlari va quriliş sohalariga aloqador», - deya qöşimça qildi Timur Suleymenov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistondagi örtaça oylik iş haqi ma'lum qilingandi.

2018 yil yanvar-sentabr oylarida Özbekiston Respublikasida örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 1 684,5 ming sömni (iş haqiga ustama, mukofot, rağbatlantiriş xususiyatiga ega tölovlar, kompensatsiya va işlanmagan vaqt uçun haq kabi tölovlar kiritilgan, şuningdek uning tarkibida jismoniy şaxslar daromad soliği, ijtimoiy suğurta va kasaba uyuşmasiga tölovlar ham mavjud) taşkil etdi.