Dunyodagi eng yirik kutubxona AQŞ Kongressi kutubxonasi sanaladi. Uning fondida 150 million nusxadan ortiq kitoblar bor. U 1800 yilda AQŞ prezidenti Jon Adams tomonidan taşkil etilgan. Sobiq prezident Kongressga kerakli kitoblarni xarid qiliş uçun 5 ming dollar ajratgan. Hozirda kutubxonaga yiliga bir million yetti yuz ming kitobxon taşrif buyuradi.

Amerikalik biblioman Stiven Blumberg özining kitoblarga bölgan ğalati “mehri” sabab jahonga dong taratgan. Umri davomida u kutubxonalardan qiymati bir neça million dollar bölgan 20 mingdan ortiq kitoblarni öğirlagan. Bundan 268 ta kutubxona zarar körgan. Stiven Blumberg bir neça marta panjara ortiga tuşgan. Biroq ozodlikka çiqqaç yana eski maşğulotini davom ettirgan. Qiziği, kitoblardan birortasini sotmagan va ularga zarar yetkazmagan.
Finlyandiyaning kiçik Vantaa şaharçasi kutubxonasiga notaniş kişi qadimiy kitobni qaytargan. Jildning orqa tomonidagi qaydlarga qaraganda kitob yuz yil oldin berilgan. Bu rekordni Ginnes rekordlar kitobiga bemalol kiritiş mumkin.

Norvegiyani yozuvçilar uçun haqiqiy jannat deb hisoblaş mumkin. Agar yozuvçilardan kimdir bu mamlakatda kitob naşr ettirsa, ming nusxasini Norvegiya hukumati darhol sotib oladi va kutubxonalarga taqsimlaydi. Şu yöl bilan yozuvçilarga davlat tomonidan kömak körsatiladi.
Haskell kutubxonasi bir vaqtning özida dunyoning ikki mamlakati – AQŞ va Kanadada joylaşgan. Binoning yarmi Amerikaning Derbi-Layn şaharçasida bölsa, qolgan yarmi Kanadaning Stensted şahrida. Kutubxonaga faqat AQŞ tomonidan kiriş mumkin. Töğri, ilgari kanadaliklar ham kutubxonadan erkin foydalanişgan. 11 sentabrdagi terroristik voqealaridan keyin xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan. Bino oldida AQŞ Milliy xavfsizligi xodimlari doimiy ravişda navbatçilik qilişadi.
1857 yilda britaniyalik savdogar Jord Mur dunyodagi ilk harakatlanuvçi kutubxonani taşkil etgan. Aynan şu usul bilan Mur foydali bilimlarni qişloq aholisi örtasida tarqatişga qaror qildi.












