Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qozog‘istondan eksportga chiqarilgan mol go‘shtining qariyb yarmini sotib oldi
Foto: Getty Images
2018 yil yanvar-dekabr oylarida Qozog‘iston tovar ishlab chiqaruvchilari 16,1 ming tonna mol go‘shti, 2,9 ming tonna qo‘y go‘shti va 7,6 ming tonna parranda go‘shti eksport qilishdi. Bu haqda «Interfaks-Kazaxstan» xabar bermoqda.
«Mol go‘shtining taxminan 60 foizi Rossiyaga eksport qilindi, qolgan 40 foizi O‘zbekistonga tirik qoramol ko‘rinishida eksportga jo‘natildi. Qo‘y go‘shti - asosan Yaqin Sharq (Eron, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari), parranda go‘shtining 50 foizi - Rossiya Federatsiyasiga, qolgani - MDH (O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston) va Bojxona ittifoqi mamlakatlariga», - deya qayd etib o‘tishdi Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligidan.
O‘tgan yilning shu davrida mol go‘shti eksporti 4,4 ming tonna (2017 yil oxiriga kelib 5,5 ming tonna), qo‘y go‘shti - 0,6 ming tonna (2017 yil oxirida - 0,9 ming tonna), shuningdek, parranda go‘shti - 5,2 ming tonnani (2017 yil oxirida - 5,8 ming tonna) tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chimkentda go‘sht qimmatlashgani, uni O‘zbekistonga olib chiqib ketishayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:23 / 17.02.2026
Go‘sht, transport vositalarini sug‘urtalash, metan. Narxi keskin oshgan mahsulotlar va xizmatlar
01:22 / 16.02.2026
Ekspert go‘shtni qanchalik ko‘p iste’mol qilish kerakligini aytdi
20:30 / 31.01.2026
Go‘sht yana qimmatlasha boshladi. O‘tgan yilda ham narxlar keskin oshgandi
16:43 / 23.12.2025