Joriy “Oskar” mukofoti topşirilişi marosimining boşlovçisi etib tayinlangan komik Kevin Xart tvitterdagi postlari uçun jamoatçilik tomonidan xuş körilmay qolgani sabab taqdimotni olib borolmasligini e'lon qilgaç, AQŞ kinoakademiyasi rahbariyati tang holatga tuşib qoldi.
Gap şundaki, ayni vaqtda taqdimotni olib boruvçi nomzod yöq, kinoakademiya esa Xartning örniga biror kişini topişga qiynalmoqda.
Tvitlar atrofidagi mojarodan taşqari, taqdimotni ötkaziş uçun tölanadigan gonorarning ozligi ham muammo tuğdirmoqda.2017 yilgi taqdimotni olib borgan Jimmi Kimmel unga bor-yöği 15 ming dollar tölanganidan şikoyat qilgan. Bu esa boşlovçilikka körilgan nomzodlarning taqdimotni olib borişdan boş tortişlariga sabab bölgan.
AQŞ kinoakademiyasi kengaşi 11 dekabr keçki vaqt (Toşkent vaqti bilan 12 dekabr ertalab) boşlovçini almaştiriş yoki umuman undan voz keçiş böyiça yiğiliş ötkazişi belgilangan. Ayni vaqtda kinoakademiyada bunday holatlarga rejalar bölmagani ma'lum qilingan. Bu orada kinoakademiya umuman boşlovçidan voz keçişi, haykalçalarni esa tadbir mehmonlari topşirişlari mumkinligi haqidagi axborot paydo bölgan.
“Oskar” mukofotlari topşirilişining 91-taqdimoti 2019 yil 24 fevralda Los-Anjyelesdagi “Dolbi” teatrida bölib ötadi. Nomzodlar esa 2019 yil 22 yanvarda e'lon qilinadi.












