Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Instagram sahifasiga a'zo bölganlar soni böyiça sobiq ittifoq hududidagi siyosatçilar içida peşqadamlardan biri ekani ma'lum böldi.
BCW (Burson Cohn & Wolfe) xalqaro piar-agentligi «Dunyo yetakçilari Instagram'da» nomli tadqiqotini e'lon qildi va unda 426ta rasmiy davlat akkauntlarini taqqoslab kördi. Özbekistondan bu izlanişda Prezident va boş vazir Abdulla Aripov akkauntlari qatnaşdi.

Şavkat Mirziyoyev akkaunti sobiq ittifoq hududida 2-örinda ekani oydinlaşdi - uning obunaçilari soni izlaniş ötkazilgan vaqtda 831,7 mingni taşkil qilgan, hozir esa 1 milliondan oşib ketgan, deb yozadi «Xalq sözi».
Bu segmentda Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev akkaunti peşqadamlik qilmoqda. Uning obunaçilari soni 2,91 milliondan ortiq. Birinçi beşlikka Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev (236,7 ming obunaçi), Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko (123,6 ming obunaçi) va Qozoğiston boş vaziri Baqitjon Sagintayev (77,9 ming obunaçi) akkauntlari ham kirgan.












