12 dekabr kuni yoshlar örtasida kitobxonlik madaniyatini ommalaştiriş, ularning badiiy savodxonligini yanada oşiriş va mutolaa muhitini şakllantiriş maqsadida ötkazilayotgan «Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqiçi ğoliblari aniqlandi. Mazkur bosqiçda iştirokçilar «Özbek adabiyoti bilimdoni», «Jahon adabiyoti bilimdoni», «Buyuk mutafakkir va adib» hamda «Şe'riyat» kabi 4ta şart böyiça bellaşişdi. 

Şoirlar, yozuvçilar, öqituvçilar, jurnalistlar va boşqa mutaxassislardan iborat hakamlar hay'ati iştirokçilarni baholaşda ularning belgilangan kitoblarni öqigani, asarning mazmun-mohiyatini tuşungani va uni tahlil qilib bera oliş qobiliyatiga qarab baholab borişdi. 

«Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqiçida 15-19 yosh toifasi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi 9-ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim maktabi 10-sinf öquvçisi Kokanova Nursulu 282.9 ball bilan mutlaq ğoliblikni qölga kiritdi va Prezident sovğasi «Spark» avtomobili bilan taqdirlandi.

2-öringa esa Andijon viloyati Paxtaobod tumani 34-umumta'lim maktabi 10-sinf öquvçisi Dilnavoz Ne'matullayeva 249 ball bilan sazovor böldi. 

Buxoro yuridik kollejining 3-bosqiç talabasi Baxriddin Rafiqov 240 ball töplab, 3-örinni egalladi.

«Tanlovning respublika bosqiçi hayajonlarga boy tarzda qiziqarli ötdi. Şartlarda mustahkam xotira, keng dunyoqaraş va asarlarni töğri tahlil qila oliş qobiliyati bugungi muvaffaqiyatimning asosi böldi. Tanlovga tayyorgarlik davomida köplab badiiy asarlarni öqib tugatdim. Kitob – eng yaxşi döst, eng kuçli tarbiyaçi ekanini angladim. Özimda ma'naviy ulğayişni, dunyoqaraşimdagi özgarişlarni his qildim. Bu kabi tanlovlar taşkil etilişi yoşlarni bilim olişga, kitob bilan döstlaşişga örgatadi», – deydi Nursulu Kokanova.

2018 yilgi «Yosh kitobxon» tanlovining saralaş bosqiçlarida 15-19 yosh toifasidagi 1839 nafar iştirokçi öz bilimini sinab kördi. Uşbu yosh toifasi böyiça birgina mahalliy bosqiçlarda 187 nafar qatnaşçi özaro bellaşdi. Tuman (şaharlar) miqyosida saralaş bosqiçlarida 86 va undan yuqori ball olgan ğoliblar töğridan-töğri hududiy bosqiçda iştirok etiş imkoniyatiga ega böldi. Tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri bosqiçlarida har bir yosh toifasi böyiça 14 nafardan iştirokçi respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritib, qizğin bellaşuv olib bordi.