Prezident tejamkor issiqxonalarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Muborak tumanidagi zamonaviy issiqxona bilan tanishdi.
«Cho‘l hududida joylashgan tumanda bunday issiqxona bo‘lishi judayam muhim. Chunki sifatli sabzavotlarga ehtiyoj bor, suv esa tanqis.
Tadbirkor Qobiljon G‘ulomov kam imkoniyatdan foydalanish yo‘lini topdi. 2016 yili «Muborak issiqlik elektr markazi» aksiyadorlik jamiyati yonidagi tashlandiq hududdan 2 gektar yer olib issiqxona barpo etdi. Yomg‘ir to‘planadigan 800-1000 tonnalik hovuzlar qurdi. Issiqxonadagi sabzavotlar tomchilatib sug‘oriladi.
Yana bir samarali tomoni, issiqxona «Muborak issiqlik elektr markazi»da hosil bo‘ladigan issiq suv orqali qizdiriladi. Elektr markazi uchun sovuq suv kerak. Shu bois issiqxonada bu suv aylantirilib, sovugach quvurlar orqali issiqlik korxonasiga qaytariladi. Bundan ikkala tomon ham yutadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bunday tejamkorlik kutilganidan ham ko‘proq natija bergan. Tadbirkor yana 7 gektar yerda issiqxona qurgan. U issiqxonada yetishtirilayotgan pomidor, bodring kabi mahsulotlarning asosiy qismini eksport qilib, katta foyda olishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda issiqxonada qariyb yuz kishi mehnat qilmoqda. Kelgusida issqxonani yanada kengaytirib, ish o‘rinlarini ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Umuman, tuman bo‘yicha 60 nafar tadbirkorga shu kabi issiqxona qurish uchun 300 gektar yer ajratilgan.
Prezident zamonaviy issiqxonani ko‘zdan kechirib, ishchilar bilan muloqot qildi.
Aholi farovonligini oshirish, doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari ochishda muhim o‘rin tutadigan bunday issiqxonalar tarmog‘ini yanada kengaytirish zarurligini ta'kidladi.
Shu yerda Qashqadaryo viloyatida 2019-2020 yillarda issiqxonalar tashkil etish, Chiroqchi tumanida lalmi maydonlarda poliz ekinlarini ko‘paytirish, aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qator loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23
-
Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida o‘n minglab iste’molchilarni «svetsiz» qoldirdi
Jamiyat | 22:06
Mavzuga oid

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

16:51 / 09.04.2025
Muborakdagi YTHda ikki profilaktika inspektori halok bo‘ldi

21:26 / 25.02.2025
Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:31 / 12.02.2025