Özbekiston Respublikasi prezidenti “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boşqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi. 

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa'rini geologik örganiş, sanoatda, konçilikda va kommunal-maişiy sektorda işlarning bexatar olib borilişini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi va uning mintaqaviy inspeksiyalari negizida Özbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi va uning hududiy boşqarmalari taşkil etildi.

Quyidagilar Sanoat xavfsizligi davlat qömitasining asosiy vazifa va faoliyat yönalişlari etib belgilandi:

atom energetikasi va yadro texnologiyalari obektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlaş, şuningdek, xavfli işlab çiqariş obektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini yuritiş böyiça işni muvofiqlaştiriş va nazoratni amalga oşiriş;

sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa'ridan foydalanişda işlarni olib boriş xavfsizligi hamda istirohat boğlari attraksionlarini ekspluatatsiya qiliş borasidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan rioya etilişi ustidan davlat nazorati va tekşiruvini amalga oşiriş;

sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlaş borasida respublikada yoqilği-energetika kompleksi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini yanada rivojlantiriş böyiça strategik reja va dasturlarni işlab çiqişda iştirok etiş;

atom energiyasidan foydalaniş sohasida litsenziyalaş, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlaş sohasida davlat nazorati organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş;

sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan ötkaziş tizimini takomillaştiriş, şuningdek, atom energiyasidan foydalaniş bilan boğliq obektlar xavfsizligini ekspertiza qilişni taşkil etiş;

sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa'ridan foydalanişda işlarni olib boriş xavfsizligi hamda istirohat boğlari attraksionlarini ekspluatatsiya qiliş borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda işlab çiqiş va qabul qiliş;