Saudiya Arabistonidagi megashahar qurilishi xavf ostida qoldi
Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad ibn Salmon NEOM kelajak shahri qurilishi uchun yaqin yillarda hech kim investitsiya kiritmasligini e'tirof etdi. U bu haqda biznes vakillari bilan uchrashuvda ma'lum qildi, deb xabar berdi Financial Times.
Qayd etilishicha, shahzoda jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga nisbatan jahondagi munosabat qirollikni zamonaviylashtirish rejasiga xalaqit berishini aytgan.
Kelajak shahri qurilishi loyihasi qiymati 500 milliard dollar deb baholangandi. NEOM qurilishiga yuqori malakali mutaxassislar jalb etilishi, qurilish ishlarini faqatgina robotlar bajarishi ma'lum qilingandi.
Saudiyalik jurnalistning o‘limidan so‘ng xorijlik mutaxassislar, jumladan, arxitektor Norman Foster loyihani tark etdi. Shuningdek, xorijlik investorlar ham loyihada ishtirok etishdan bosh tortishdi.
Jamol Qoshiqchi 2 oktabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligida o‘ldirilgandi.
Mavzuga oid
10:50 / 22.08.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Saudiyaga eksporti ko‘paytiriladi
14:38 / 25.05.2024
Orolbo‘yida joylashgan aholi punktlariga Saudiya Arabistoni yordami jalb etiladi
08:59 / 14.12.2023
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining Saudiya bozoriga eksporti kengayadi
08:50 / 31.08.2023