Oliy Majlis Senati payşanba kungi majlisda 2019 yilga davlat byudjyetini YaIM 1,1 foizi yoki 4,5 trln söm miqdoridagi defitsit bilan ma'qulladi. Şu hafta parlament qonunçilik palatasi tomonidan tasdiqlangan byudjyet loyihasi boş vazir örinbosari, moliya vaziri Jamşid Qöçqorov tomonidan taqdim etildi.
Davlat byudjyeti parametrlari 2019 yilga rejalaştirilgan YaIMning 2018 yilga nisbatan 5,4 foizga ösişi, inflyatsiya - 15,5 foiz darajasida hisobga olingan holda ma'qullandi.
Byudjyet daromad qismi YaIMga 24,2% yoki 102,6 trln söm miqdorida, xarajatlari - YaIMga 25,3 foiz yoki 107,4 trln söm miqdorida ta'minlanişi rejalaştirilgan.
Bu yil Özbekiston davlat byudjyeti va makroiqtisodiy körsatkiçlar kelgusi uç yil uçun birinçi marta prognoz qilindi. Şu bilan birga, 2020-2021 yillarda byudjyet defitsitini YaIMga nisbatan 0,1%gaça kamaytiriş rejalaştirilgan. Uni qoplaş uçun 3 trln sömlik davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini çiqariş möljallanmoqda.
Hukumat 2020 yilda YaIM ösişini 6 foizga, 2021 yilda - 7 foizga, inflyatsiya darajasi pasayişini - mos ravişda 12,6 foiz va 9,9 foizga prognoz qilmoqda.
Özbekistonning 2018 yilga möljallangan byudjyeti ötgan yilning dekabr oyida YaIM 0,02 foiz profitsit bilan tasdiqlangandi. Kuzda hukumat parametrlarni özgartirdi va 1,2 foiz defitsitni, YaIM 5,2 foizga ösişi, inflyatsiya - 18,8 foiz bölişini prognoz qildi.












