Çempionlar ligasi guruh bosqiçining oxirgi kunidagi eng qiziqarli öyin kutilganidek Ukraina poytaxti Kiyevda emas, Niderlandiya poytaxti Amsterdamda bölib ötdi. 

«Ayaks» – «Bavariya» – 3:3
Gollar: Tadiç, 61; Tadiç, 82-pen; Talyafiko, 90+5 – Levandovski, 13; Levandovski, 87-pen; Koman, 90.
Ayaks – Onana, Mazraui, de Ligt, Veber, Talyafiko, de Yong, Blind, van de Bek (Dolberg, 78), Ziyoş, Tadiç, Neres (Xuntelar, 89).
Bavariya – Noyyer, Rafinya, Zyule, Boateng, Alaba, Gnabri (Alkantara, 62), Kimmix, Gorettska (Sanşeş, 89), Riberi (Koman, 71), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirişlar: Kimmix (28), Rafinya (37), de Ligt (40), Blind (63), Talyafiko (90).
Çetlatişlar: Veber (67), Myuller (75).

Oxirgi turgaça keyingi bosqiç masalasini hal qilib bölgan ikki jamoa guruh ğolibini aniqlaş maqsadida maydonga tuşişdi. Myunxenliklar birinçi örinda qolişi uçun mağlub bölmasliklari kerak edi.

Jamoalarning birinçi davrada Myunxenda keçgan uçraşuvida ham durang hisobi qayd etilgan, öşanda amsterdamliklar ğalabaga haqli öyin körsatişgandi. 

Bundesligada omadsiz start qayd etgan va ayni vaqtda Dortmundning «Borussiya»sidan 9 oçko ortda qolib, turnir jadvalida uçinçi örinda borayotgan «Bavariya» guruh masalasi hal bölgan bölsada, Amsterdamdagi öyinga jangovar tarkibni tuşirdi. Bu tarkib öyinning ilk daqiqalaridanoq taşabbusni qölga oldi, Serj Gnabri 10-daqiqagaça ikkita gol urişi mumkin edi, ammo u öz imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Uning birinçi zarbasiga aniqlik yetişmagan bölsa, ikkinçi urinişini raqib darvozaboni Onana bartaraf etdi. Ammo u bölim davomida boşqa bir jamoadoşi gol urişini ta'minladi, uning himoyaçilar orasidan ötkazib bergan pasidan keyin Levandovski darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib borib, osonlik bilan hisobni oçdi.

Tanaffusga «Bavariya» katta ustunlik bilan yöl olişi mumkin edi, ammo Riberi va Levandovski qulay vaziyatlarni yöqqa çiqardi. Bölim oxirida esa «Ayaks»da hisobni tenglaştiriş uçun imkoniyat paydo böldi, ammo Noyyer Ziyoşning zarbasini qaytardi.

Ikkinçi bölim voqealarga boy böldi. Bölim qahramonlari öyin hakami Kleman Tyurpen hamda mehmonlar himoyaçisi Jyerom Boateng bölişdi. 61-daqiqada Tadiç hisobni tenglaştirganidan keyin futbolçilar qizişa boşlaşdi. Şundan keyin ikki tomondan bittadan futbolçiga qizil kartoçka körsatildi.