Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«U menga qarshi suiqasd tayyorlamoqda». Venesuela prezidenti Trampning maslahatchisini ayblab chiqdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni unga suiqasd uyushtirish va diktatura o‘rnatish maqsadida mamlakat hukumatini ag‘darib tashlashni rejalashtirishda aybladi.
Maduroning fikriga ko‘ra, rejalarga Kolumbiya va Braziliya hukumatlari ham aloqador. Kolumbiyada, Venesuela prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ushbu rejani amalga oshirish uchun 700dan ortiq yollanma shaxs tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.
«Ishonchim komilki, AQShning hozirgi ma'muriyati, Jon Bolton Venesuelani zo‘ravonliklarga to‘ldirib tashlash rejasini shaxsan o‘z bo‘yniga olgan», - dedi Maduro.
Foto: AFP
2018 yil avgustida Karakasdagi harbiy parad vaqtida Nikolas Maduroga suiqasd yuz berdi. Rasmiylar unga ichida portlovchi moddalar bo‘lgan dronlar bilan hujum qilinmoqchi bo‘lganini ma'lum qilishdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp «kerak bo‘lsa» Amerika Venesueladagi vaziyatga harbiy aralashuvni «istisno etmasligi» haqida aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va Rossiya kuchayadigan bo‘lsa, dunyoda falokat yuz berishi taxmin qilingandi.
Mavzuga oid
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026