Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA  tomonidan keltirilgan.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi tarkibida yuridik şaxs taşkil etmagan holda:

Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan moliyalaştiriladigan boşqaruv xodimlarining umumiy soni 71ştat birligidan iborat Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti;

Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan moliyalaştiriladigan boşqaruv xodimlarining umumiy soni 5ştat birligidan iborat Angren kon-texnika inspeksiyasi;

“Olmaliq KMK” AJ mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi;

Qizilqum mintaqaviy inspeksiyasi negizida “Navoiy KMK” DK mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi taşkil etilmoqda.

Quyidagilar Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining asosiy vazifalari etib belgilandi:

radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlaş sohasida davlat siyosatining ustuvor yönalişlari böyiça takliflarni işlab çiqiş;

ionlaştiruvçi nurlaniş manbalari muomalada böliş va atom energiyasidan foydalaniş borasidagi faoliyatni amalga oşirişda radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida samarali davlat nazorati va tekşiruvini taşkil etiş va ta'minlaş;

nazorati ostidagi obektlarda radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlaş böyiça profilaktika çora-tadbirlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş;

yadroviy va radioaktiv materiallar bilan işlaşda, atom energiyasidan foydalanişda, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar, ular mavjud bölgan radioaktiv manbalar va radioaktiv çiqindilarni qazib oliş, qayta işlaş, taşiş, saqlaş, foydalaniş, kömiş hamda jismoniy himoyalaş va hisobini yuritişda radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlaş masalalari böyiça normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarni işlab çiqiş;

atom energiyasidan tinçlik yölida foydalaniş sohasidagi xalqaro şartnomalar böyiça Özbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilişini ta'minlaş.