«PSJ» rahbariyati «Real» hujumçisi Karim Benzemani sotib oliş imkoniyatlarini çamalamoqda, deb xabar beradi France Football.
Frantsuz klubi hujumçi Edinson Kavaniga örinbosar qidirişni boşlab yuborgan. Urugvaylikning yaqin vaqtlar içida «Napoli», «Atletiko» yoki «Çelsi»ga ötib ketişi kutilyapti.
Parij grandida Kavanining örniga Benzemadan taşqari yana bir variant bor, bu – «Inter» hujumçisi Mauro Ikardi.
Ma'lumot uçun, Benzema uşbu mavsum La Liganing 15 öyinida 5+2, YeÇL guruh bosqiçining 6 bahsida 3+2 mahsuldorlik natijasini qayd etdi. Ikardi esa A Seriyaning 12ta öyinida qatnaşib, 8ta gol urdi hamda 2ta assistga muallif böldi. U ham Çempionlar ligasida oltita öyin ötkazgan bölib, 4 marta raqiblar darvozasini işğol etdi.












