Boks böyiça sobiq jahon çempioni va Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi rahbari Oskar de la Xoyya Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) prezidenti Dana Uaytni jangga çaqirdi. Bu haqda MMA Fighting xabar qilmoqda.

Sportçining ma'lum qilişiça, boks qoidalariga köra uç raundli jangda taşkilot rahbari bilan ringga çiqişni xohlaydi.

«Keling, ringga çiqamiz. Nima uçun yöq? Keling ringda körişamiz. Uç raund. Keling, buni qilamiz. Buni Saul Alvares bilan turnirda amalga oşiramiz. Men steroidlardan qutuliş uçun senga beş oy vaqt ham beraman. Keyin yaxşi jismoniy holatga kelamiz va uç raund ötkazamiz. Men sen 20 kilogrammga oğirroq ekanligingga ham tayyorman. Hammasi joyida, men tayyorman. Kelinglar, buni qilamiz», - deya ma'lum qildi de la Xoyya.

Uayt va amerikalik boksçi jangçilarga moliyaviy tölovlar böyiça mojaroga kirişgan. De la Xoyyaning işonç bildirişiça, Dana UFC sportçilariga pulni töliq miqdorda tölamaydi. Taşkilot rahbari bu ma'lumotni rad etib, boksçini giyohvand moddalarga qaramlikda aybladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Floyd Meyvezerning yaponiyalik kikboksçi bilan jangi qoidalari e'lon qilingandi.