Sahrolarning yoyilişi — Afrika uçun jiddiy muammo. Örmonlar esa bu jarayonni töxtatişning eng yaxşi usuli sanaladi. Biroq yoğingarçilik, tabiiy suv manbalari bölmagan joyda daraxtlar qanday paydo böladi? Olimlar bunga juda yaxşi yeçim öylab topişgan. Uning samarali ekaniga Misr sahrosida joylaşgan Serapium örmoni eng yaxşi isbot sanaladi. Bu yerda 1990-yillarda 200 gektardan ortiq maydonda turli daraxtlar paydo böldi. Mazkur betakror örmon hali ham gullab-yaşnamoqda.

Serapium — haqiqatan ham innovatsion loyiha bölib, u misrlik va nemis olimlari hamkorligining natijasi. Loyiha yomğir va suv zaxiralaridan umid qilmay, suğoriş uçun moslaştirilgan oqava suvlar tizimidan foydalaniş imkonini beradi. U nafaqat namlik, balki zaruriy ozuqaviy moddalar (ular ösimliklar ösişiga yordam beradi) bilan ham ta'minlaydi.



Suğoriş uçun qöllaniladigan oqova suvlar muayyan tozalaşdan ötişiga qaramay, suğorişning bunday usuli odam iste'mol qilmaydigan daraxt va ösimliklarni yetiştiriş uçun qöllanilişi mumkin. Uşbu muqobil variant ideal hisoblanadi: namlik oqova suvlarini tozalaş stansiyasidan yuzlab gektar qumlikni qoplagan quvur va şlanglar böylab töğri örmonga keladi.


Loyiha mualliflarining fikriga köra, Serapiumʼdagi daraxtlar Germaniyadagiga qaraganda 4 marta tezroq ösadi. Agar Misr oqova suvlarining 80 foizidan foydalanilsa, bu yerdagi 650 ming gektar çölni örmonga aylantiriş mumkin bölardi.












