2018-yilning 13 dekabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi taşqi işlar vazirliklari delegatsiyalari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlarning 7-raundi bölib ötdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari Dilşod Axatov va Litva taşqi işlar vitse-vaziri Darius Skuseviçus boşçiligidagi delegatsiyalar ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari, turli köp tomonlama şakllarda, jumladan Özbekiston - Yevropa ittifoqi şaklidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar va dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almaşdilar.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar, turizm va boşqa sohalarda Özbekiston - Litva muloqotini yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlari körib çiqildi.
Tomonlarni qiziqtirgan barça sohalarda uzoq muddatli va özaro manfaatli asosda aloqalarni örnatişdan manfaatdorlik tasdiqlandi.
Uçraşuvda özaro savdo-sotiqning ijobiy dinamikasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, joriy yilning 10 oyi davomida tovar aylanmasi 2017 yilning şu davriga nisbatan 10 foizga oşdi. Şu bilan birga, innovatsiya, transport va logistika, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati, qişloq xöjaligi sektori kabi iqtisodiyot sohalarida mavjud salohiyatdan töliq foydalanilmaganligi ta'kidlandi.
Şuningdek, Iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya, Qişloq xöjaligi sohasidagi qöşma işçi guruhi majlislari va boşqa tadbirlarni 2019 yilda ötkaziş jadvali yuzasidan fikr almaşildi.
Özbekiston tomoni Litva vakillariga kelgusi yil Toşkent şahrida bölib ötadigan «Markaziy Osiyo: yangi imkoniyatlar va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari» mavzusidagi xalqaro konferensiyada iştirok etiş taklifi bilan çiqdi.
Maslahatlaşuvlarda Litva elçisi Remigiyus Motuzas iştirok etdi, deyiladi xabarda.












