Yoşlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalaş hamda çaqiriluvçilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar böyiça tayyorlaş tartibini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida Özbekiston prezidentining qarori loyihasi e'lon qilindi.

Unda ma'lumot berilişiça, mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Markaziy kengaşi tomonidan ta'lim muassasalari va avtodromlarni ularning asosiy vositalari, öquv va moddiy-texnik bazasi bilan birgalikda mulk qilib davlatga beğaraz beriş töğrisida qaror qabul qilingan.

Hujjatga muvofiq, Özbekiston Mudofaa vazirligi ta'lim muassasalari va avtodromlarni ularning asosiy vositalari, öquv va moddiy-texnika bazasi bilan birga operativ boşqariş huquqi asosida qabul qilib oladi.

Mudofaa vazirligining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar mudofaa işlari boşqarmalari huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Çaqiriluvçilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar böyiça tayyorlaş markazlari taşkil etiladi. 

Markazga Mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.

Markazlar faoliyati taşkil etilgunga qadar çaqiriluvçilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar böyiça tayyorlaş amaldagi tartibga muvofiq amalga oşiriladi.

Markazlarga avtomototransport vositalarining haydovçilarini, şuningdek, ommaviy texnik kasblarning boşqa mutaxassislarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça jismoniy va yuridik şaxslarga pullik xizmatlar körsatiş hamda haydovçilar va ommaviy texnik kasblarning boşqa mutaxassislarini tayyorlaş uçun Mudofaa vazirligi bölinmalarining öquv va moddiy-texnik bazasidan beğaraz foydalanişga ruxsat beriladi.