Professional Futbol Ligasi bugun soat 18:00da «Özekspomarkaz»ning anjumanlar zalida 2018 yilning eng yaxşilarini taqdirlaş marosimini ötkazadi.
Unda quyidagi nominatsiyalar böyiça sovrinlar topşiriladi:
- Özbekiston çempionatining eng yaxşi futbolçisi;
- Özbekiston çempionatining eng yaxşi murabbiyi;
- Özbekiston çempionatining eng yaxşi darvozaboni;
- Özbekiston çempionatining eng çiroyli goli;
- Superliga 2018 töpurari;
- Özbekiston çempionatining eng yaxşi yoş futbolçisi;
- Özbekiston çempionatining eng yaxşi ayol futbolçisi;
- Özbekiston çempionatining eng yaxşi futzalçisi;
- Fair Play sovrini;
- Özbekiston Professional Futbol Ligasi maxsus sovrini.
Şuningdek, yil yakunlariga bağişlangan tantanali marosimda mavsum davomida öz sohasi böyiça qolgan klublarga örnak böla oladigan tarzda faoliyat olib borgan matbuot xizmati, marketing xizmati va muxlislar bilan işlaşda yaxşi natijalarga erişgan fan-klublar ham alohida taqdirlanadi.
Marosim Sport TV orqali jonli efirda namoyiş etiladi.












