Facebook foydalanuvçilar ma'lumotlarining maxfiyligi buzganligi sababli milliard dollarlik jarimaga tortilişi mumkin. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, Yevropa qonunçiligiga rioya etilişini kuzatuvçi Irlandiyaning ma'lumotlar himoyasi böyiça komissiyasi kompaniyaga nisbatan suriştiruv işlarini boşladi.

Yevropada amalda bölgan, ma'lumotlarni himoya qiliş töğrisidagi Umumiy reglamentga köra, qoidabuzar kompaniya 23 mln dollargaça yoki yillik daromaddan 4 foiz bölgan miqdorda jarima tölaydi: qaysi pul köpligiga qarab.

Qayd etilişiça, Facebook’ning 2017 yildagi daromadi taxminan 40 milliard dollarni taşkil qilgan. Şu tariqa, kompaniya agar 2018 yilda daromad şu darajada qolsa, 1,6 milliard dollar miqdorida jarima tölaşi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Avstraliya Google va Facebook faoliyatidan taşvişga tuşib qolgandi.