Taniqli tadbirkor, ba'zi doiralarda «Tayvançik» nomi bilan tanilgan Olimjon Töxtaoxunov sobiq turmuş örtoği Yuliya Malikni sudga berdi. Bu haqda Rossiyaning RenTV telekanali xabar tarqatdi.
Kanal ma'lumotlariga köra, sobiq er-xotinning özaro kelişmovçiligiga umumiy farzandlar - 6 yoşli egizak qizlarga doir holat sabab bölgan. Xususan, «Tayvançik» ta'til vaqtida ularni öz vatani - Özbekistonga olib ketişni xohlagan, Malik esa tadbirkorning bunday istagiga qarşi çiqmoqda.
«Tayvançik» sudda qizlarini sobiq xotinining roziligisiz vaqtinçalik olib çiqib ketiş uçun ruxsat berişlariga erişmoqçi. Ta'kidlab ötiş joizki, «Tayvançik» rafiqasi bilan ajraşganidan keyin qizlarini bir özi tarbiyalamoqda. Şuningdek, u bolalari bilan yaşaş huquqiga ham sud orqali ega böldi.














