«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino «Liverpul» hujumçisi Muhammad Saloh haqidagi fikrlarini bayon etdi.

Saloh bir muddat «Çelsi»da, portugaliyalik mutaxassis qöli ostida töp surgan, ammo Mourino uni asosiy tarkibga kiritmagandi. Misrlik futbolçi London klubi safida 12 uçraşuvda maydonga tuşib, 2 gol urgandi. 2015 yilda u «Fiorentina»ga ijaraga berilgan, 2015/16 yilgi mavsumni «Roma»da ötkazgan, keyinroq rimliklar klubi uning transfer huquqini sotib olgandi.

«Menimça, Saloh barça tomonlama rivojlandi. Uning jismoniy körsatkiçlari qançalik özgarganini körişimiz mumkin. Saloh avval tezkor, şu bilan birga nimjon yigitça edi. Hozir esa u ham tezkor, ham kuçli.

U öşanda Şveytsariyadan («Bazel») Angliyaning katta klubiga [«Çelsi»] kelgan, lekin APLga ruhiy jihatdan moslaşa olmagandi. 

Endi u mutlaqo boşqa futbolçi, u «Bazel»dan «Çelsi»ga kelgan yoş iqtidor emas, yetuk futbolçi. Öşanda Saloh istiqbolli futbolçi edi, hozir esa jahonning eng yaxşi futbolçilaridan biri.

Men öşanda uni özimga katta yordam bera oladi deb öylamagandim. Men uning istiqbolli futbolçi ekanini bilardim, endi u haqiqatanam katta futbolçiga aylandi», – deya Mourinoning sözlarini keltirgan mançesterliklar klubi rasmiy sayti.

Bugun «Mançester Yunayted» APLning 17-turi doirasida «Liverpul» mehmoni böladi.