Ozişni istaydigan köpçilik ayollar uxlaşdan oldin kefir içişadi. Bu içimlik moddalar almaşinuvini tezlaştiradi, deb hisoblanadi. Biroq bari bu qadar oddiy emas. Ayrim vaqtlarda kefir foydali bölişi, boşqa vaziyatlarda esa organizmga zarar keltirişi mumkin. Ana endi keling, barçasi haqida batafsil söz yuritamiz.
Kefir şifokorlar sabab maşhurlikka erişdi. Bu bejizga emas, albatta. Gap şundaki, uyqudan oldin yeguliklarni iste'mol qiliş tavsiya etilmaydi. Tunda oşqozon-içak faoliyati juda sekin işlaydi va siz tanovul qilgan taom hazm bölmaydi.
Bu ayniqsa uglevodlarga boy taomlarga tegişli. U insulin işlab çiqarilişiga olib keladi. Insulin esa öz navbatida yoğlarni eritiş jarayoniga tösqinlik qiladi.
Şuni aytiş joizki, kefirni içiş mumkin va zarur. Muhimi organizmning individual xususiyatlarini hisobga oliş.
Uşbu sut mahsulotining boy kimyoviy tarkibi moddalar almaşinuvi, hazm qiliş va asab tizimi, jigar, oşqozon osti, buyraklar faoliyatini normallaştiradi.
Kefir qanday vaziyatlarda zararli?
Ma'lumki, organizmga modda emas, uning miqdori zarar keltiradi. Şuning uçun uxlaşdan oldin bir litr kefir içsangiz, vazn taşlaşingiz amrimahol. Bir neça holatlarda kefir iste'molini çeklaş kerak:
- diareyaga moyil bölsangiz;
- sizda gastrit, pankreatit, oşqozon kislotasining köp bölsa;
- oşqozon yarasi bölsa;
- şuningdek, oşqozon-içak tizimining turli kasalliklari va sut oqsilini hazm qila olmaslik dardiga yöliqqan bölsangiz.
Agar bir stakan kefirni içganingizdan söng oşqozonda kuçli oğriqlar paydo bölsa, şifokorga murojaat eting.












